Kichkina bitgan burun – katta muammolar
Ota-onalar ko‘pincha bolaning buruni ochiq bo‘lishining qanchalik muhimligini sezmaydilar. Ammo burun bitishi bolaning umumiy ahvoliga ta’sir qiluvchi turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Burun bitishining asosiy sabablarini va uni yengillashtirish usullarini tushunish bolalarga bemalol va oson nafas olishga yordam beradi.

To‘g‘ri burun bilan nafas olish juda muhim
Burun bitishi kichik yoshdagi bolalarda keng tarqalgan muammo bo‘lib, u ularning kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin: uyqu sifati yomonlashadi, diqqatni jamlash qiyinlashadi va charchoqlik oshadi.
Buruni bitgan bolalar ko‘pincha og‘iz orqali nafas oladi, biroq burun orqali nafas olish juda muhim. Burun nafas oladigan havoni tabiiy ravishda tozalash va unga moslashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Havo burundan o‘tganda u isitiladi, namlanadi va zararlardan filtrlanadi, bu esa nafas olish tizimini himoya qiladi. Og‘iz orqali nafas olinganda esa pastki nafas yo‘llari quruq va filtrlanmagan havoga duchor bo‘ladi, bu esa nafas olish tizimining umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.1
Burun bitishi qachon paydo bo‘ladi?
Odatda shamollash tomoq og‘rig‘i va holsizlikdan boshlanadi, keyin esa burun bitishi, aksirish, burundan oqish va yo‘tal paydo bo‘ladi. Ko‘pincha alomatlardan biri boshqalarga qaraganda kuchliroq yoki yoqimsizroq bo‘lishi mumkin, kasallik davomida esa alomatlar o‘zgarib turadi.
Bolalar shamollashga kattalarga qaraganda ko‘proq moyil. Kattalar yiliga o‘rtacha 2–3 marta shamollasa, bolalar 5–8 marta shamollashlari mumkin. Bolalarda shamollash odatda 10–15 kun davom etadi, yo‘tal esa o‘rtacha 25 kuncha saqlanib turadi.2
Shamollashga 200 dan ortiq turli viruslar sabab bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigani rino viruslar bo‘lib, ular barcha shamollash holatlarining taxminan yarmiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, shamollashga koronavirus, RSV (respirator-sintsitial virus), gripp va adenovirus ham sabab bo‘lishi mumkin. Shamollash yil davomida yuz berishi mumkin, biroq yoz faslida u kamroq uchraydi.3

Burun bitishi quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin…
Odatda shamollash yengil o‘tadi, biroq ba’zida u jiddiyroq asoratlarga olib kelishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri — o‘rta quloq infeksiyasi, ya’ni o’tkir o‘rta otit (O‘OO), shuningdek, sinusit bo‘lib, ular virusning o‘zi yoki ikkilamchi bakterial infeksiya natijasida rivojlanishi mumkin.3
Quloq infeksiyalari yoki sinusit kabi asoratlarning oldini olish uchun nafaqat burunni ochish, balki uni muntazam tozalab turish ham muhimdir. Kichik bolalar burunni o‘zlari to‘g‘ri qoqolmasliklari mumkin, shuning uchun ularga yordam kerak bo‘ladi. Bunday hollarda siz burundagi shilimshiqlarni ehtiyotkorlik bilan olish uchun burun aspiratoridan foydalanishingiz mumkin. Bu burun yo‘llarini toza saqlashga, asoratlar xavfini kamaytirishga va bolaga oson nafas olish imkonini berishga yordam beradi.
O‘rta quloq infeksiyasi
O‘tkir o‘rta otit (O‘OO) bolalarda juda keng tarqalgan quloq infeksiyasi bo‘lib, antibiotiklar buyurilishining asosiy sabablaridan biridir. O‘OO ko‘pincha shamollash kabi yuqori nafas yo‘llarining virusli infeksiyasidan keyin rivojlanadigan bakterial asorat sifatida yuzaga keladi.4
Bolalarda quloq infeksiyalari ko‘proq uchraydi, chunki ularning Evstaxiy naychalari (o‘rta quloqni tomoqning orqa qismi bilan bog‘laydigan naycha) kattalarnikiga nisbatan qisqaroq va gorizontalroq bo‘ladi. Bu mikroblarning burun va tomoqdan o‘rta quloqqa oson o‘tishiga imkon yaratadi va infeksiyalarga olib keladi. Ushbu anatomik farqlar Evstaxiy naychasining noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin, ya’ni naycha to‘g‘ri ochilib-yopilmaydi. Natijada, o‘rta quloqda suyuqlik to‘planib qoladi, bu esa bakteriya va viruslar ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratib, o‘rta otit (o‘rta quloq infeksiyasi) rivojlanishiga olib keladi.5
Virusli infeksiyalar nafas yo‘llaridagi mayda tukchalar (siliyalar)ning vaqtinchalik faoliyatini buzishi mumkin, bu esa shilimshiqlarni tozalash qobiliyatini pasaytiradi. Bundan tashqari, shilliq qavatda biofilm — yallig‘lanishni davom ettiruvchi va naychaning normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi bakteriyalar qatlami — paydo bo‘lishi mumkin.5
Sinusit
O‘tkir bakterial sinusit ko‘pincha shamollashning asorati sifatida paydo bo‘ladi. U odatda quyidagicha namoyon bo‘ladi:6
- Eng keng tarqalgan belgi shundaki, burundan oqish yoki yo‘tal kabi shamollash alomatlari 10 kundan ortiq davom etib, yaxshilanmaydi.
- O‘tkir bakterial sinusit yuqori harorat va kamida 3 kun davom etadigan quyuq sarg‘ish yoki yashil burun ajralmalari kabi og‘ir shamollash alomatlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
- Ba’zida bola shamollashdan tuzalayotgandek ko‘rinadi, lekin taxminan 6 yoki 7-kuni alomatlar to‘satdan yana yomonlashadi. Bu ham o‘tkir bakterial sinusitga ishora qilishi mumkin.
Burun bitishi bolaning kundalik hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin
Burun bitishi bolaning hayot sifatini pasaytiradigan bir qator kognitiv va funksional oqibatlarga olib kelishi mumkin. Doimiy burun qoqish, burun tirnashishi, uyquning buzilishi va diqqatni jamlash qiyinchiliklari kabi hatto engil rinit alomatlari ham kundalik faoliyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Burun va burun bo‘shlig‘i to‘qimalarining yallig‘lanishi, shlimshiq ajralishining ortishi bilan birga, ko‘pincha charchoq yoki umumiy noqulaylik hissini keltirib chiqaradi. Ayniqsa tunda kuchayadigan burun bitishi uyqu sifatini pasaytirishi, bu esa kunduzi uyquchanlik va maktabdagi o‘zlashtirishning pasayishiga olib kelishi mumkin.1

Yechim
Burun bitishini samarali davolash nafaqat uning alomatlarini yengillashtiradi, balki bolaning umumiy ahvolini ham yaxshilab, uni tezroq tiklanishga va odatiy faoliyatiga qaytishga yordam beradi. Septanazal – bolalardagi burun bitishini yengillashtirish uchun xavfsiz va samarali vosita. U nafaqat bolani tezroq sog‘lomlashtiradi, balki burun yo‘llarini shilimshiqdan tozalashga va qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Bolalarda burun bitishini davolashda xavfsizlik va davolash vositasining bolaning organizmiga mos tushishi eng muhim omillardir. Ota-onalar bolalarda burun bitishi haqida yetarli bilgiga ega bo‘lishlari va asoratlarning oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rishlari zarur.2
Burun uchun dekongestantlar ba’zan nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin, chunki ular burun ichida qurish, tirnashish va qobiq hosil bo‘lishiga sabab bo‘lib, nafas olishni noqulaylashtiradi. Ushbu nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish uchun Septanazal — ksilometazolinning samaradorligini dekspantenolning himoya va davolovchi xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirgan bo‘lib, uni bolalar uchun xavfsiz va yumshoq qiladi. Septanazal — aynan kichik bolalar burunlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, klinik jihatdan tasdiqlangan burun spreyi.8
Xavfsiz va samarali: Septanazal klinik sinovlardan o‘tgan bo‘lib, bolalarda burun bitishini yengillashtirishda o‘z samaradorligini isbotlagan.
Kichkina burunlar uchun muloyim: dekspantenol qo‘shilishi burunning nozik shilliq qavatini himoya qilish va tiklanishiga yordam beradi, tirnashishni kamaytiradi va sog‘ayishni tezlashtiradi. Dekspantenol yallig‘lanish va tirnashishni kamaytiradi, shilliq qavatni qoplaydi va himoya qiladi, tiklovchi ta’sir ko‘rsatadi hamda burun shilliq qavatini namlaydi.9,10
Bolalar uchun moslashtirilgan formula: faol moddalar konsentratsiyasi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ehtiyotkorlik bilan moslashtirilgan bo‘lib, ushbu yosh guruhi uchun xavfsizlik va samaradorlikni ta’minlaydi.
Без консервантов: Septanazal tarkibida konservantlar yo‘q, bu esa uni bolalar uchun yanada xavfsiz tanlovga aylantiradi. Flakonning innovatsion dizayni tufayli spreyni ochilgandan keyin ham mikrobiologik jihatdan toza saqlash mumkin va u 12 oygacha ishlatilishi mumkin.
Davolanish 2 kun tezroq: klinik jihatdan isbotlanganki, Septanazalni qo‘llash bolalarda o‘tkir rinit alomatlarining sezilarli yaxshilanishiga olib keladi va bu faqat ksilometazolin ishlatilgan holatlarga nisbatan 2 kun oldin sodir bo‘ladi.8
Bolani tezroq sog‘aytirish: Septanazal o‘tkir rinitning shilliq qavat shishi, burundan ajralmalar, quloq bitishi va yo‘tal kabi belgi va alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.8
- Scadding G. Optimal management of nasal congestion caused by allergic rhinitis in children: safety and efficacy of medical treatments. Paediatr Drugs. 2008;10(3):151-62. doi: 10.2165/00148581-200810030-00004. PMID: 18454568.
- van Stralen KJ, van Tol JE, de Wildt SN, Becker ML, van Houten MA. Use of xylometazoline in hospitalised infants: is it safe? A retrospective cohort study. Arch Dis Child. 2023 Jan;108(1):62-66. doi: 10.1136/archdischild-2022-324127. Epub 2022 Sep 28. PMID: 36171065.
- Guibas, G.V., Papadopoulos, N.G. (2017). Viral Upper Respiratory Tract Infections. In: Green, R. (eds) Viral Infections in Children, Volume II. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-319-54093-1_1
- Nokso-Koivisto J, Marom T, Chonmaitree. Importance of viruses in acute otitis media. Curr Opi in Pediatrics 2015; 27(1): 110-15.
- Goulioumis AK, Gkorpa M, Athanasopoulos M, Athanasopoulos I, Gyftopoulos K. The Eustachian Tube Dysfunction in Children: Anatomical Considerations and Current Trends in Invasive Therapeutic Approaches. Cureus. 2022 Jul 24;14(7):e27193. doi: 10.7759/cureus.27193. PMID: 36039214; PMCID: PMC9395912.
- Arora HS. Sinusitis in Children. Pediatr Ann. 2018 Oct 1;47(10):e396-e401. doi: 10.3928/19382359-20180919-01. PMID: 30308675.
- Jaume, F., Valls-Mateus, M. & Mullol, J. Common Cold and Acute Rhinosinusitis: Up-to-Date Management in 2020. Curr Allergy Asthma Rep 20, 28 (2020). https://doi.org/10.1007/s11882-020-00917-5
- Namazova-Baranova LS, Iu. Iu Rusetskii, Gankovskii VA et al. Possibilities of mucoprotection in the treatment of acute rhinitis and rhinosinusitis in children. Pediatria 2017; 96 (5): 166–70.
- Antienna Wollina U, Nissen H-P, Kubicki J. Antientzündliche Wirkungen von Dexpanthenol. Akt Dermatol 2004; 30: 478-82.
- SmPC SeptaNazal
